So'nggi yangiliklar

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvar holatiga viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2061,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 225,9 mln. AQSH dollariga yoki 12,3 % ga koʻpaydi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Farg‘ona viloyat korxonalari tomonidan 30 390,5 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 104,8 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi G. Gafurova hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Umrzaqovalar ishtirokida Marg‘ilon shahrida «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlariga o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/2-07-16/2-100- sonli xatining ijrosini ta’minlash  maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” hamda “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limlari tomonidan shahar va tuman statistika bo‘limi mas’ul xodimlar ishtirokida “1-kb va 1-fx- shakli yillik statistika hisobotlarini eStat-4.0 dasturi orqali qabul qilib olishga  bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvar holatiga viloyat bo‘yicha 596 ta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibot bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti va siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvar holatiga viloyatda MDH davlatlarining kapitali ishtirokidagi faoliyat korsatayotgan korxonalar soni 255 tani tashkil etdi.

Respublikamizning barcha hududlarida mikrofirma va kichik korxonalarning faoliyati to‘g‘risidagi statistika hisobotini to‘liq qamrob olish bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra. 2023-yil 1-yanvar holatiga viloyatda jami 46 791 ta mikrofirma ro‘yxatgan o‘tgan.

Viloyatimiz aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida,viloyat statistika boshqarmasi tomonidan uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkazilmoqda Mana shunday kuzatuv “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi Sh.Egamberdiyeva tomonidan Oltiariq tumani “Farovon” MFYda istiqomat qiluvchi A.Valihonov oilasi xonadonida amalga oshirildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra. 2023-yil 1-yanvar holatiga viloyatda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘r-satayotgan korxona soni 2970 tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,0%ga oshdi.

Respublikamiz aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi. 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra. 2023-yil 1-yanvar holatiga viloyatda jami 2 241 ta kichik korxonalar ro‘yxatgan o‘tgan.

Joriy yining 18-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i O‘. Sobirov hamda Quvasoy shahar statistika bo‘limi tomonidan shahardagi tadbirkorlar ishtirokida mikrofirma va kichik korxonalarning faoliyati to‘g‘risidagi statistika hisobotini to‘liq qamrob olish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi O. Xolbekov tomonidan O‘zbekiston tumani “Dahanaqaqir” MFY faollari ishtirokida mazkur kuzatuvlarning mohiyati va ahamiyati haqida ma’ruza qilar ekan

Respublikamiz aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi.

Respublikamizning barcha hududlarida mikrofirma va kichik korxonalarning faoliyati to‘g‘risidagi statistik hisobotini to‘liq qamrob olish bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 18-yanvar kuni Yozyovon tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Toshmirzayev tomonidan Yozyovon tumanida joylashgan chorva bozorida 12-bozor (oylik) chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.