29/11/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan joylarda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 29- noyabr kuni mazkur bo‘lim boshlig‘i A.Abdurazakov tomonidan Qo‘shtepa tumaniga qarashli “Ko‘prikboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi.