30/11/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi intervyuyeri U.Turgunova tomonidan uy xoʻjaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Belgilangan reja-jadval asosida Marg‘ilon shahar “Xo‘ja Porso” MFY, Xo‘ja Porso ko‘chasi 63-uyda istiqomat qiluvchi Bekjonovlar xonadoniga borib, kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotganligi tushuntirildi hamda olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.