05/05/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “Sanoat statistikasi” bo‘limi tomonidan tuman va shahar statistika bo‘limining mazkur yonalishga jalb qilingan interyuyerlari ishtirokida ishlab chiqarish faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish tartibiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, “Sanoat statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O‘. Umarov, mazkur bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari M.Valiyevalar qatnashib, mazkur tadbirni o‘kazishda o‘rtacha bir kunda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, uning qiymati, haftada ishlagan kuni kabi ma’lumotlar shakllantirishda intervyuyer tomonidan ma’lumotlar sifatli va shaffof, me’yoriy xujjatlarda belgilangan standartlar asosida shakllantirilishi haqida to‘xtalib o‘tildi.

52da9b9ce5ed98a64c234
b0413a6514a084824cb81

Olingan ma’lumotlarni planshet qurilmasiga kiritish bo‘yicha belgilangan metodologiya asosida amalga oshirish kerakligi  haqida bo‘lim tomonidan tayyorlangan slayd yordamida tushuntirib o‘tildi. Bundan tashqari yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarini faoliyatiga aniqlik kiritish bo‘yicha ham tushuntirishlar berib o‘tildi.