27/11/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatning xizmatlar eksporti hajmi 16,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

 Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 34,0 % ga oshgan bo‘lib, viloyat jami eksport hajmining 2,0 % ini tashkil etdi.

Xizmatlar eksportining tarkibi:

 Transport xizmatlari — 6 642,2 ming AQSH dollari (39,8 %);

 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlari — 4 567,1 ming AQSH dollari (27,4 %);

 Safarlar (turizm) — 3 082,7 ming AQSH dollari (18,5 %);

 Moliyaviy xizmatlar — 2 378,3 ming AQSH dollari (14,3 %).

 Xizmatlar eksporti tarkibida transport xizmatlari yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lib, transport va AKT xizmatlarining jami ulushi 67,2 % ni tashkil etdi.