08/05/2023

2023- yilning yanvar-mart oylarida import hajmi 310,4 mln. AQSH dollarini va 2022- yilning mos davriga nisbatan 86,6 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (26,8 %), sanoat tovarlari (23,0 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (16,7 %) hisobiga toʻgʻri keldi. Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 48,4 mln. AQSH dollariga kamaydi va 309,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 0,9 mln. AQSH dollariga yetdi.