25/09/2023

Joriy yilning 22-sentabr kuni Toshloq tumani suv xo‘jaligi bo‘limi xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli qonunining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi, o‘z so‘zida, milliy statistika tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda isloh qilinishi, mamlakatdagi rasmiy statistik ma’lumotlarni tayyorlovchi barcha organlarning statistika sohasidagi faoliyati tartibga solinishi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda rasmiy statistikani tayyorlovchi boshqa idoralarning bu sohadagi professional mustaqilligi ta’minlanishi, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistik ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishi, rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasidagi islohotlarning natijadorligi belgilanishi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari, o’z navbatida, ushbu erishiladigan barcha natijalar keng jamoatchilik, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy investorlarni O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi dolzarb, ishonchli va sifatli statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash hamda mamlakatimizning turli xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlashga muhim zamin yaratishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.