12/10/2026

Xizmatlar sohasini rivojlantirish, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bozor xizmatlari hajmining o‘sishiga quyidagi yo‘nalishlar asosiy hissa qo‘shgan:

 Savdo xizmatlari — 18,0 % ga o‘sib, umumiy o‘sishga 4,6 foiz band hissa qo‘shgan.

 Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 11,6 % ga o‘sib, umumiy o‘sishga 3,3 foiz band hissa qo‘shgan.

 Transport xizmatlari — 22,8 % ga o‘sib, umumiy o‘sishga 3,2 foiz band hissa qo‘shgan.

 Moliyaviy xizmatlar — 19,3 % ga o‘sib, umumiy o‘sishga 0,8 foiz band hissa qo‘shgan.

 Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 19,3 % ga o‘sib, umumiy o‘sishga 0,8 foiz band hissa qo‘shgan.

 Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 11,4 % ga o‘sib, umumiy o‘sishga 0,2 foiz band hissa qo‘shgan.