25/09/2023

Joriy yilning 25- sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, hamda Buvayda tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Tursunovlar ishtirokida Buvayda tumani dehqon bozorida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davbomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirilib, joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.