25/09/2023

2023-yil yanvar-avgust oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish hajmi 1 238,1 mlrd.so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 194,2% ni tashkil etdi. Qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Marg‘ilon shahrida (426,7 mlrd. so‘m, yoki umumiy hajmga nisbatan 34,5 %) ga to‘g‘ri keldi.