05/10/2023

Joriy yilning 5- oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov Toshloq tumani “Yuqori qishloq” MFYda yangi barpo etilayotgan uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiri haqida axborot berildi. Unga ko‘ra, yangi barpo etilayotgan ko‘chalarga ko‘cha nomi belgilari ilinishi, uylar raqamlangan bo‘lishi kerakligi haqida keng va atroflicha tushuntirildi.