05/10/2023

Joriy yilning 5-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona shahridagi, “Yulduz” MFY, “Yangi asr” ko‘chasi 100A/55 uyida istiqomat qiluvchi N.Mirzaxonova xonadonida bo‘lib, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi. Fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.