27/10/2023

 

Joriy yilning 27-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A. Nurmatov tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabr kungi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O’RQ-443-son Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi “2020-2023 yilllarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi 259-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunida aholi bandligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, aholining bandligini ta’minlashga oid qator masalalar Qonun darajasida belgilanligi,  yani,  aholi bandligini rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya, grant va kreditlar ajratish, har yili ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish, mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari, ish qidirayotgan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan ro‘yxatga olish va hisobdan chiqarish tartibi kabi masalalar qo‘yilganligi haqida to‘xtalib otdi.

 

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunida vazirlik va idoralar qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir zarur ishlarni tashkil etishi belgilangan. Mazkur Qonunga ko‘ra, Adliya vazirligi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bo‘lib, davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda bu borada Oliy Majlis Senati va Hukumatga axborot kiritib borishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Bunga ko‘ra, notinchlik va zo‘ravonlikning bolalar tarbiyasidagi salbiy oqibatlari haqida ma’lumot yetkazish va ularning oldini olish,  oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazlarida inson huquqlari, ayollar huquqlari, bola huquqlari o‘quv kurslarini tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga imtiyozlar va moddiy yordam berish masalalari bo‘yicha axborot-targ‘ibot ishlarini olib borish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan “Huquqiy savodxonlik oyligi”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” va “Konstitutsiyaviy huquq oyligi”ni o‘tkazish haqida tushuntirishlar berildi.

             Axborot xizmati.