12/02/2024

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Quvasoy shahar korxonalari tomonidan 1 646,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,3 % ni tashkil etdi.

 Bundan tashqari:
 Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari – 16 465,3 ming so‘m
Aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari – 1 813,9 ming so‘m
Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish – 181,4 mlrd. so‘m
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 105,7 mlrd. so‘m
Nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarish – 75,7 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.