Lavozim: Bosh hisobchi
Tashkilot: Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi
Маqsadlar: Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limidagi ishlarni sun’iy intelekt
Vazifalari va majburiyatlari: lavozim yo‘riqnomasidagi talablarni va majburiyatlarini bajarish hamda odob-ahloq qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish. Boshqarmaning barcha moliyaviy ishlarini yuritish, nazorat qilish va ijrosini ta’minlash.
Malaka talabi:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 3 yildan yoki statistika tizimida
2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim;
- tegishli sohada boshqaruv lavozimidagi ish tajribaga ega bo‘lish;
- Davlat tilini mukammal bilgan, rus va ingliz tillarini yuqori darajada egallagan hamda IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan(kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi;
- Kompyuter savodxonligi bo‘yicha -Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilishi;
- Halollik,mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish;
- Muammolar yechimi bo‘yicha tezkor fikrlash va o‘z takliflarini taqdim qila olish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qila olishi;
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora -tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.
Sharoitlar:
- raqobatbardosh ish haqi va Jamoa shartnomasida keltirilgan ijtimoiy paket;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq bandlik;
- o‘z malakasini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishga imkoniyat;
- ishda AKT vositalari bilan to‘liq ta’minlanganlik.
Nomzodlarning rezyumesi quyidagi elektron pochta manzillariga yuborilishi mumkin:This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Murojaat uchun: 90 163 31 25 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.