14/07/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-may oylarida Farg‘ona viloyatiga xorijdan jami 23,1 mln AQSH dollari qiymatidagi nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari importi amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkicha o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 169,0 % ni tashkil etgan.