18/04/2024

2024-yil 1- aprel holatiga Quvasoy shahri bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 287 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,2 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 438 ta
Yangi tashkil etilgan – 63 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 80 ta
Sanoatda – 197 ta
Qurilishda – 85 ta
Savdoda – 587 ta
Tashish va saqlashda – 56ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 87 ta
Axborot va aloqada – 11 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 15 ta
Boshqa turdagi xizmatlarda – 320 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 784 ta
Xususiy korxonalar – 216 ta
Oilaviy korxonalar – 233 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 34 taga to‘g‘ri keldi.