20/06/2024

Joriy yilning 20-iyun kuni Farg‘ona tumaniga qarashli transport va servis texnikumi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan targ‘ibot va tashviqot ishlari o.tkazildi.  Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonidan olingan ma’lumotlar aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida tushuncha berildi.