Joriy yilning 19-iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyul kungi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-266-son Qarorunning mazmun – mohiyati va ahamiyatini bo‘yicha ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida qarorga ko‘ra, 2024- yil 1- oktyabrdan rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo‘yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi, har yili “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘larining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xavfsiz va to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlariga yo‘naltirilishi, 2025- yil 1- yanvardan belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqlarsiz muhit yaratilganligi bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinishi, suningdek, fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta’minlanishi, qarorga muvofiq, 2024- yil 1- sentyabrgacha vazirlik va idoralar, ularning hududiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida bir nafar rahbar o‘rinbosari nogironligi bo‘lga n shaxslar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratilishi bo‘yicha mas’ul etib belgilanishi haqida shu va boshqa ma’lumotlar yuzasidan ma’ruza qildi.
Kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala - “Xodimlari manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘g‘risida xabar berish amaliyoti yo‘lga qo‘yish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ularni aniqlash” yuzasidan ma’ruza qildi. U oz sozida, davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishi ko‘plab vaziyatlarda ularga taalluqli masalalarda qaror qabul qilishi natijasida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari kelib chiqayotganligi, bugungi kunda, bu asosan davlat xaridlarida korinayotganligi, shundan kelib chiqib, endilikda qonunga muvofiq tijorat tashkilotlarining ta’sischiligidan chiqishi lozimligi, bunda aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalarining o‘n foizigacha egalik qilish mumkinligi, hujjat bilan o‘zi nazorat qiladigan tashkilot faoliyatini, shu jumladan, kuzatuv kengashi faoliyatini nazorat qilish manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘lishini inobatga olib, shu kabi nazoratni amalga oshiruvchi shaxslarning ushbu tashkilotdagi ulushlarga egalik qilishi, boshqaruv organi a’zoligida ishtirok etishi cheklanayotgani ham muhim yangiliklaridan biri ekanligi haqida batafsil tushuncha berildi. Bundan tashqari, davlat organining yoki boshqa tashkilotning o‘zi bilan mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan bo‘shatilgan xodimi ikki yil ichida oxirgi ish joyida o‘zi bevosita yoki bilvosita nazoratni amalga oshirgan tashkilotlar yoxud ularning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishga ushbu xodim mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirgan tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘linmasi vazifasini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xulosasiga asosan qabul qilinish tartibi ham mazkur qonunda o‘z ifodasini topganligi, Qonun bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishda maxsus vakolatli davlat organi etib belgilanganligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
24/07/2024