20/11/2025

Farg‘ona viloyatida viloyat hokimligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida mamlakatimizda ilk bor “Istiqbolli davlat xizmatchisi – 2025” tanlovi tashkil etildi. Kuni kecha viloyat hokimligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli tashkilot va boshqarma rahbarlari, tanlov ishtirokchilari qatnashdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov g‘oliblarni tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi jamoasi tanlovda faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuxratjon Turdaliyevich Zokirovni hamda inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi Maftunaxon Shavkatjonovna Valiyevalarni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etadi.