13/11/2025

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli o‘tkazish maqsadida joylarda “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘quv seminarlarning ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 13-noyabr kuni Furqat tumaniga qarashli mahalla soliq inspektorlari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulot jarayonida census.stat.uz platformasiga kirish qoidalari, shakllarni to‘ldirish, ishtirokchilar tomonidan berilayotgan savollarga amaliy mashgulotda ko‘rsatib berish orqali tushuntirishlar berildi.