O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 18-iyuldagi 156- son buyrug‘iga asosan1-30 avgust kunlari Farg‘ona viloyati bo‘yicha tanlab olingan 18 351 ta dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. Shu bois joriy yilning 23- avgust kuni Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z. Musayev hamda “Uzumchi” MFY hokim yordamchisi M.Madrahimovlar mazkur kuzatuvni o'tkazish maqsadida Oltiariq tumani “Uzumchi” MFY, M.Boymatov ko‘chasi, 2A-uyida istiqomat qiluvchi fuqaro U.Najmiddinovlar xonadonida bo‘ldilar. So‘rovnomada berilgan barcha ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
+