23/08/2024

Mamlakatimizmda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda  uy xojaliklari tanlanma kuzatuvlarining orni kattadir. Shu bois joriy yilning 22-avgust kuni   Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov  tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Bag‘dod tumanidagi “Navro‘z” MFYda istiqomat qiluvchi  A.Yuldashevlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi.  Kuzatuv jarayonida fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.