So‘x tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi B.Qodirjonov tomonidan tuman chorva bozorida 12-bozor (oylik) chorva va parrandalarni sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada So‘x tumani chorva bozorining bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan chorva mollari tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari chorva va parrandalarning majburiy talablarga javob beradigan sharoitlarga muvofiq saqlanishi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tavsiyalar berildi.