27/08/2024

2024-yil yanvar-iyul oylari holatiga Bag‘dod tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 109 korxona va tashkilotlar tomonidan 193,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,3 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 14,0 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 118,2 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 61,2 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 119,2 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 826,0 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 148,5 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 43,4 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 1,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.