2024-yil yanvar-iyul oylari holatiga Buvayda tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 68 korxona va tashkilotlar tomonidan 237,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 125,6 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 62,4 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 95,5 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 79,4 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 188,4 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 954,9 ming so‘m
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 183,8 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 35,3 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 18,2 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.