Mamlakatimizmda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishda uy xojaliklari tanlanma kuzatuvlarining orni kattadir. Shu bois joriy yilning 27-avgust kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi O.Holbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Buvayda tumanidagi “Dehqonobod” MFYda istiqomat qiluvchi Z.Toshmatovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.