2024-yil yanvar-iyul oylari holatiga Beshariq tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 55 korxona va tashkilotlar tomonidan 160,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 168,4 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 6,1 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 93,2 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 61,3 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 107,3 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 659,2 ming so‘m
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bino va inshootlarni qurish – 141,9 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 18,1 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 0,6 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.