Joriy yilning 29-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan Dang‘ara tumaniga qarashli “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, mahalladagi aholi sonini hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.