05/11/2024

Joriy yilning 1- noyabr kuni Quva tumaniga qarashli 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminrda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Fazilova qatnashib, u xususan, aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va kelgysi l0-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash maqsadida o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi.