Joriy yilning 4-noyabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Rishton tumaniga qarashli “Jahonobod” MFYda istiqomat qiluvchi M.Meliboyevlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egasiga so‘rovnomada ko‘rsatilgan savollar berilib, olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida respondentga tushuncha berildi.