17/02/2025

     Joriy yilning 14-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi  xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘ilgan “Alisher Navoiy va Zaxriddin Muxammad Bobur merosi — beqiyos ma’naviy xazinadir” mavzusida ma’ruzasi tinglandi. Xususan, shu kunlarda so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlanayotganligi, Navoiy va Bobur ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisi ekanliugi, mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, boy ma’naviy merosi butun dunyoni hayratga solayotganligi, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelayotganligi haqida toxtaldi. Shu bilan birga, Alisher Navoiy ijodi va faoliyatiga oid barcha ma’lumotlar uning sivilizatsiyamiz tarixida turkiy tilning boshqa tillaridan ustun tomonlarini ko‘rsatib, ona tilimizning boy imkoniyatlarini to‘liq ochib bergan buyuk olim sifatida biz uchun qadrli ekanligi, Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirganligi, yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan, ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilib, tinchlik va totuvlik hukm surishiga doim harakat qilganligi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari, Zahiriddin Muhammad Bobur esa, turli hududlar va mintaqalarning, mamlakatlar va o‘lkalarning, shaharlar va qishloqlarning siyosiy, tarixi, ilm-fani, madaniyati, urf-odatlari bilan birga, ularning tabiati, jo‘g‘rofiy o‘rni, chegaralari, yaylovlari, tog‘ va daralari, ko‘l va daryolari, xilma-xil у o‘simliklari, mevalari, hayvonot dunyosi, yerusti va yerosti boyliklari, tili, savdo-sotiq ishlari bilan ham astoydil qiziqqanligi, Bularning hammasini o‘zining qomusiy asari — «Boburnoma»da bayon etganligi haqida shu va boshqa ma’lumotlarga t o‘xtalib o‘tildi. Kuntartibiga q o‘yilgan ikkinchi masala - "O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi PF-16-son va “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Prezident Farmonlari mazmun-mohiyati yuzzasidan ma’ruza tinglandi. Mazkur farmonga ko‘ra, “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib, mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish, aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, ko‘paytirish va keyingi avlodga yetkazish hamda biologik xilma-xillikni saqlash, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim oczgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish, respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish belgilanganligi haqida soz yuritildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga ko‘ra, 2025- yil 1- apreldan “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etilishi, bunda madaniy-ma’rifiy, ta’lim, sport va turizm tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari tushumlarining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini yo‘naltirishga ruxsat berilishi, “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordamlar oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejada kambag‘al oilalarning yoshlari va xotin-qizlariga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qo‘shimcha murojaat talab etmagan holda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishiga asos bo‘lishi, “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan shaxslarning ijtimoiy holatini aniqlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, oilaning moliyaviy holatini esa – idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring) natijalariga muvofiq amalga oshirilishi, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari yaratilganligi haqida  shu va boshqa ma’lumotlarga alohida toxtalib otildi.