Joriy yilning 20-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F.Yakubov ishtirokida oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha “Iste’mol narxlari indeksi” oylik kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida dislokatsiya obyektidagi mahsulotlarning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi. Bundan tashqari “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvi boyicha tavsiyalar berildi.