Joriy yilning 20-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Zokirov tomonidan Marg‘ilon shahrida «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi. Olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan tavsiyalar berildi.