25/02/2025

Joriy yilning 21-fevral kuni Marg‘ilon shahar Mashad mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘ilgan O‘ zbekisron Respublikasining 2025-yil 18-fevral kungi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-1031-son Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kungi “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kungi “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-60-son qarorining mazmun-mohiyati ma’ruza tinglandi. Shundan song kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala - “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati” mavzusida ma’ruza tinglandi. Xususan, u korrupsiyaga qarshi “komplayens-nazorat” tizimi davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, banklar va xususiy sektor faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlovchi, korrupsiya xavf xatarlari va manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish kabi qator profilaktik choralarni o‘zida mujassam etgan samarali tizim haqida tushunchalar berdi.