Joriy yilning 23- aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA direktori hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media-tadbirlar rejasiga asosan viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida Farg‘ona shahar “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida tanlanma kuzatuviga tushgan Bo‘ston ko‘cha 15-uyda istiqomat qiluvchi M.Nosirovlar xonadoniga press-tur tashkil etildi. Tadbirda Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i M.Rahimova qatnashib, uy xo‘jaliklarida o‘tkazilayotgan tanlanma kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantirilishi, xonadon egalari tomonidan olingan ma'lumotlar plashet qurilmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishi haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, Turmush darajasi statistikasi va uy xojaliklari kuzatuvlari bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan kuzatuvlarning ahamiyati mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov hamda bo‘lim boshlig‘i M.Rahimovalar qatnashdilar. Tadbir jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida, statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkazilishi, o‘z navbatida, uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslanganligi, Respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi, jumladan Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 50 mahalla fuqrolar yig‘inlarida 1296 ta uy xo‘jaliklari tanlab olinganligi, shundan 660 tasi shahar joylarida 636 tasi esa tuman joylarida o‘tkazilishi, yillik tanlov hajmi umumiy toifaning 0,2 foizini tashkil qilishi, uy xo‘jaligi tarkibi (uy xo‘jaligi a'zolari yoshi, jinsi, ta'lim muassasasiga qatnashi, ma'lumot darajasi, oilaviy holati, ko‘chib kelgan va ko‘chib ketgan shaxslar to‘g‘risida ma'lumot, daromad olish uchun tadbirkorlik, dehqonchilik yoki boshqa faoliyati, kasbi, maoshi to‘g‘risidagi shu va boshqa ma’lumotlar shakllantirilishi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi. Anjuman so‘ngida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.
\
Axborot xizmati.