Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar o‘rtacha soni 57 tani tashkil etdi.
100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni yillar kesimida (dona):
2000-yil – 11 ta;
2005-yil – 14 ta;
2010-yil – 19 ta;
2015-yil – 32 ta;
2020-yil – 40 ta;
2025-yil (yanvar-iyun) – 57 ta.