Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-may oylarida Farg‘ona viloyatiga xorijdan jami 41,1 mln AQSH dollari qiymatidagi xorijdan kimyo vositalari va shunga o‘xshash mhsulotlar importi amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkicha o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 136,6 % ni tashkil etgan.