01/07/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–may oylarida bajarilgan qurilish ishlarining asosiy qismi binolar va inshootlar qurilishi hissasiga to‘g‘ri kelib, jami hajmning 74,6 % ini tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishda o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,3 % bo‘ldi.

 Fuqarolik obyektlarini qurish ishlari ulushi 20,0 % ni tashkil etdi.

 Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa jami hajmning 5,4 % ini egallab, o‘tgan yilga nisbatan 133,2 % ga yetdi.

 Natijada viloyatda qurilish sohasida yuqori faollik va barqaror o‘sish kuzatilmoqda.