01/07/2026

 2026-yil yanvar–may oylari yakunlariga ko‘ra, Buvayda tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 49 ta korxona va tashkilot tomonidan 261,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 110,0 foizni tashkil etdi.

 Shundan:

 Yirik korxonalar hissasiga – 5,0 mlrd so‘m

 Kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga – 221,4 mlrd so‘m

 Norasmiy sektor hissasiga – 34,9 mlrd so‘m to‘g‘ri keldi.

 Tahlillarga ko‘ra, tumanda bajarilgan qurilish ishlarining asosiy qismi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, bu hududda tadbirkorlik subyektlarining qurilish sohasidagi faolligi yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.