Joriy yilning 1-iyul kuni Bag‘dod tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini o‘rganish maqsadida 4 xizmat (jsh) tanlanma statistik kuzatuv ishlari olib borildi.
Kuzatuv jarayonida Bag‘dod tumanida statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning xizmat ko‘rsatish faoliyati o‘rganilib, zarur ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida barcha ko‘rsatkichlar elektron planshetlar orqali raqamli tizimga kiritildi.
Mazkur kuzatuv natijalari hududda jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlari hajmi va tarkibini baholash, shuningdek, xizmatlar sohasining rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
01/07/2026



