02/07/2026

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.

Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida» gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Har bir davlatning bu dunyoda borligi, birligi, yagonaligi, o‘ziga xos va betakrorligi uning timsollarida, ayniqsa, gerbida namoyon bo‘ladi.  

O‘z taqdirini, kelajagini, oilasi, farzandlarining ertangi kunini shu aziz Vatan bilan bog‘lagan har bir yurtdoshimiz uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi muqaddas va tabarruk ramz sanaladi.