15/10/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 10 791,1 ming so‘mni tashkil etdi.


 Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng yuqori bo‘lgan hududlar:

 Farg‘ona shahri — 27 544,2 ming so‘m;

 Qo‘qon shahri — 18 976,7 ming so‘m;

 Uchko‘prik tumani — 16 909,8 ming so‘m;

 Quvasoy shahri — 16 271,5 ming so‘m.


 Viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish qayd etilgan hududlar:

 Rishton tumani — 115,7 %;

 Marg‘ilon shahri — 111,0 %;

 Yozyovon tumani — 110,9 %;

 Buvayda tumani — 110,8 %;

 Beshariq tumani — 110,6 %;

 Dang‘ara tumani — 110,3 %;

 Quvasoy shahri — 109,1 %.