Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyat jahonning 80 ta mamlakati bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirdi.
Hisobot davrida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 1 951,5 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasida Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va Turkiya asosiy hamkor davlatlar sifatida yetakchi o‘rinlarni egalladi.
Tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega davlatlar:
Xitoy Xalq Respublikasi — 605,5 mln AQSH dollari (31,0 %);
Rossiya — 600,6 mln AQSH dollari (30,8 %);
Qozog‘iston — 226,0 mln AQSH dollari (11,6 %);
Qirg‘iz Respublikasi — 83,4 mln AQSH dollari (4,3 %);
Turkiya — 80,3 mln AQSH dollari (4,1 %).




