Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyat eksportida tovarlar asosiy o‘rinni egallab, ularning jami eksport hajmidagi ulushi 92,4 % ni tashkil etdi.
Eksport tarkibida quyidagi mahsulotlar yetakchilik qilmoqda:
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 39,3 %;
Sanoat tovarlari — 30,3 %;
Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar — 12,7 %;
Turli xil tayyor buyumlar — 9,9 %.
Viloyatning asosiy eksport hamkorlari qaysi davlatlar?
Hisobot davrida Farg‘ona viloyatining eksport geografiyasida Rossiya 44,1 % ulush bilan yetakchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, eksport hajmida boshqa yirik hamkor davlatlarning ulushi quyidagicha shakllandi:
Afg‘oniston — 7,8 %;
Turkiya — 7,3 %;
Qozog‘iston — 6,9 %;
Qirg‘iz Respublikasi — 6,9 %;
Xitoy Xalq Respublikasi — 5,9 %;
Birlashgan Arab Amirliklari — 3,5 %;
Tojikiston — 2,9 %;
Turkmaniston — 2,3 %;
Polsha — 2,1 %.
Tahlillarga ko‘ra, ushbu o‘nta davlat hissasiga viloyat umumiy eksport hajmining 89,8 % i to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa mazkur mamlakatlarning Farg‘ona viloyati tashqi savdo aloqalaridagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi.




