19/10/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyatda 15 423,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Shundan, korxona turlari bo‘yicha:

 Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2 412,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmdagi ulushi 15,6 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2025- yilning mos davriga nisbatan 138,5 % ga yetdi.

 Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 9 032,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Ularning umumiy hajmdagi ulushi 58,6 % ni, o‘sish sur’ati esa 114,7 % ni tashkil etdi.

 Norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3 978,5 mlrd so‘mni tashkil etib, jami qurilish ishlarining 25,8 % iga teng bo‘ldi. O‘sish sur’ati 109,7 % ni tashkil etdi.