20/10/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyatda kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi 1 101,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 Mazkur xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 2025- yilning mos davriga nisbatan 112,4 % ni tashkil etib, 12,4 % lik o‘sish qayd etildi.

 Ushbu ko‘rsatkich viloyatda kompyuter texnikalari va maishiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari hajmi ortib borayotganini ko‘rsatadi.