Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–avgust oylarida viloyatda ulgurji savdo tovar aylanmasi 28 799,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025- yilning mos davriga nisbatan 6,6 % ga oshdi.
Kichik biznes subyektlari ulgurji savdoda yetakchilik qilmoqda. Ular tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo hajmi 26 992,4 mlrd so‘mni tashkil etib, jami ulgurji savdo aylanmasining 93,7 % ini egalladi. Mazkur ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 2,9 % ga oshdi.
Ulgurji savdo aylanmasining yillar bo‘yicha dinamikasi:
2024- yil — 14 550,1 mlrd so‘m;
2025- yil — 25 530,3 mlrd so‘m;
2026- yil — 28 799,4 mlrd so‘m.
Tahlillarga ko‘ra, viloyatda ulgurji savdo aylanmasining asosiy qismi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa kichik tadbirkorlikning hudud savdo faoliyatidagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi.




