Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 2 417,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,3 % tashkil etdi.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari tarkibida telekommunikatsiya xizmatlari 70,1 foiz ulush bilan yetakchi o‘rinni egalladi. 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,2 % ni tashkil etdi.




