Joriy yilning 14-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E. Тashbekov hamda boshqarmaning «Narx statistikasi» bo‘limi boshlig‘i A.Turg‘unov ishtirokida Oltiariq va Buvayda tumanlarida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlariga borib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligini kuzatdilar hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan suhbatlashishdi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududlardagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha hududiy statistika bo‘limi narxlarni ro‘yxatga oluvchi xodimlariga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.